💖KASALLIK TARIXI
Parizoda va Behruz
Mening ikki farzandim bor. Va ikkalasi ham bir kasallikdan nobud bo'lyapti 💔
Parizodaga 10 yosh. Behruzga 8. Ular bizning hamma narsamiz. Ikkalasida ham betta-talassemiya. Suyak iligi ko'chirilmasa — ular tirik qolmaydi.
O'zbekistonda bunday operatsiya qilinmaydi. Yagona imkoniyat — Turkiya 🇹🇷
Shifokorlar ularni qutqarishga tayyor. Lekin ikkalasi uchun operatsiya 130 000 dollar turadi.
Biz hamma narsani sotdik. Uy, mashina, bor narsani. Lekin bu yetmayapti.
Men onaman. Men qaysi farzandimni qutqarishni tanlay olmayman. Men ikkalisini ham qutqarmoqchiman 😢
Har kuni ularga qarayman va ulgurolmaslikdan qo'rqaman.
Aziz o'zbekistonliklar, sizlardan yolvoraman! Bolalarimni saqlab qolishga yordam bering 🙏
Har biridan ozgina summa ham Parizoda va Behruzni hayotga yaqinlashtiradi.
Alloh bolalaringizni sog'lig'ini saqlasinu har bir so'mingiz uchun sizlarga ko'p karrali qaytarsin 🤲